Oylik arxiv: Iyun 2015

2015 yilning narkotiklarga oid butunjahon hisoboti taqdim etildi

BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasining butunjahon hisobotiga ko’ra 2013 yilda 200 mingga yaqin kishi narkotik moddalarni iste’mol qilishi sababli hayotdan ko’z yumgan. Narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilarning umumiy soni esa 2013 yilda 246 million kishini tashkil etdi. Narkotiklarni ishlab chiqarish, noqonuniy savdo qilish va iste’mol qilish bilan boqliq bo’lgan ushbu va boshqa ma’lumotlar BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan 2015 yilning narkotiklarga oid butunjahon hisobotidan joy olgan. Hisobot taqdimoti Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy savdosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan o’tkazildi.

20150626_111446Tashkilotning mintaqaviy vakili Ashita Mittal hisobotning asosiy  xulosalari, jumladan narkotik moddalarning qabul qilinishi dunyo miqyosida barqaror holatda saqlanib qolayotganligi, OITS va giyohvandlikni davolash bo’yicha chora-tadbirlar hamon yetarli darajada olib borilmayotganligi haqida ma’lumot berdi. Dunyoda giyohvand moddalarning qabul qilinishi darajasining o’zgarmay qolayotganligiga qaramasdan bu illatga ruju qo’ygan (umumiy iste’molchilar soni 27 million kishiga yetgan) har olti kishidan faqat bittasigina davolanish imkoniga ega ekani tashkilotni tashvishga solmoqda.  Mazkur masala bo’yicha o’z fikrlarini BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasining Ijrochi direktori Yuriy Fedotov Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish kunidagi nutqida ta’kidlab o’tdi. Uning fikricha, giyohvand moddalarga bo’lgan talab va taklifga qarshi muvozanatli yondashuv muammoning hal etilishi uchun asos hisoblanadi. Shu bilan birga, giyohvand moddalar ishlab chiqarish bilan noqonuniy shug’ullanayotgan fermerlarni ham faoliyatning muqobilturlari bilan shug’ullanishga jalb etish muhim ahamiyatga egadir.

20150626_112542O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Ahmad Mansurov OAV vakillariga giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi mamlakatda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o’tdi. O’zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan 2014-yilda 2 tonna 298 kilogramm miqdoridagi giyohvand modda ushlab qolingan. Ahmad Mansurovning so’zlariga ko’ra, 1994-yildan 2014 yilgacha jami 54 tonna giyohvand modda ushlab qolingan va 193 ming narkojinoyatlar qayd etilgan. Ahmad Mansurov so’nggi yillarda giyohvandlar sonining kamayib boraytgani va bu toifaga mansub bemorlarning yoshlar orasida deyarli yo’qligini ta’kidlab o’tildi.

Tashkiltochiar giyohvand moddalar savdosi va giyohvandlikka qarshi profilaktika, shu jumladan, giyohvandlikni davolash kabi chora-tadbirlardan iborat samarali yondashuv orqali yuqori natijalarga erishish imkoniytidan yanada kengroq foydalanish zarruligini qayd etdilar. Bu kabi yondashuvda mahalliy OAV va mahallalar muhim o’rin tutadi.

«West Camp» oromgohidagi ta’lim mashg’ulotlari

West-camp-presentation“West Camp” oromgohida hordiq chiqarayotgan 10-15 yoshdagi 150 ga yaqin bolalar BMT Axborot markazi tomonidan tayyorlangan interfaol taqdimot ishtirokchilariga aylanishdi.

BMT Axborot markazi o’zining madaniy va ta’lim-tarbiya bilan bog’liq faoliyati doirasida yoshlarning BMT maqsad va vazifalari haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun turli tadbirlar tashkillashtirib keladi.

Mehmonlar yosh tinglovchilar bilan tanishib olgach, o’zaro do’stona muhit yaratilib, BMT faoliyati haqida asosiy ma’lumotlar jamlangan video namoyish etildi. Qisqa savol-javob davomida bolalarning BMT haqida bergan javoblari Axborot markazi xodimlarida iliq taassurot qoldirdi.

Shundan so’ng bolalar BMT agentliklarining akronimlari (qisqartma nomlari) bilan bog’liq viktorinada qatnashishish barobarida, Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM), Barqaror rivojlanish maqsadlari va MRMning O’zbekistondagi natija va yutuqlari haqida bilib olishdi. Bola huquqlariga doir munozara bolalarning bu mavzudan qanchalik xabardor ekanliklarini ko’rsatdi. Yana bir necha o’yin  va viktorinalardan so’ng eng faol qatnashchilar BMT Axborot markazi sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Toshkentda birinchi Xalqaro yoga kuni

логоToshkentda Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasi va Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi tomonidan BMT Axborot markazi ko’magida birinchi yoga kuni keng nishonlandi.

Xalqaro yoga kunining qabul qilinishi to’g’risidagi qaror ning175 a’zo davlat tomonidan ma’qullanishi insonning ham ruhiy, ham jismoniy salomatligi uchun muhim bo’lgan mazkur sog’lomlashtirish mashg’ulotning ahamiyatidan dalolatdir. «21-iyunni Xalqaro yoga kuni sifatida nishonlash to’g’risida qaror qabul qilinar ekan, ushbu mashg’ulotning har taraflama foydasini hisobga olgan holda uni BMT qadriyat va qarashlariga mos va muvofiq keladi, deya hisoblayman», – deb ta’kidladi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun birinchi yoga kuni munosabati bilan qilgan murojaatida.

2«Bunyodkor» stadioniga  kelgan 200 dan ortiq ishtirokchi ruh va tana uyg’unligini hosil qiluvchi qadimiy mashg’ulotning ahamiyatini yana bir bor his qilish uchun yoga bilan shug’ullanishdi.

Tadbir avvalida Hindistonning O’zbekistondagi elchisi Vinod Kumar, Hind madaniyat markazi direktori Manju Singx va «Bunyodkor» stadioni direktori Vohid Zokirovlar so’zga chiqishdi. Shuningdek, Lola Yo’ldosheva, Shahlo Ahmedova va Gulbahor Sulaymonova kabi o’zbek estradasi yulduzlari ham tadbirda qatnashdilar.

Stadionda turli bannerlar ko’rgazmasi ham namoyish etildi, uning yakunda esa faol ishtirokchi va g’oliblarga diplom va sovg’alar taqdim etildi.

Jahon qon donorlari kuni – saqlab qolingan insonlar hayoti uchun minnatdorlik ramzi

World-blood-donor-day-2015Bu yilgi Jahon qon donorlari kuni (14 iyun) «Beg’araz topshiring, tez-tez topshiring. Qon donorligi muhimdir» shiori ostida o’tdi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining (JSST) O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Asmus Xammerix BMT Axborot markaziga bergan intervyusida mazkur sananing ahamiyati to’g’risida so’zlab o’tadi.

«Qon va qon mahsulotlarining quyilishi har yili millionlab insonlar hayotini saqlab qolishga imkon yaratadi, – deydi JSSTning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. – Qon quyish yordamida hayoti xavf ostida bo’lgan bemorlarning umri uzayishiga va ular hayotining yaxshi tomonga o’zgarishiga erishish mumkin. Qon va qon mahsulotlarining quyilishi favqulodda va tabiiy ofatlar paytida, ona va bola salomatligini asrash uchun ham zarurdir.

Ushbu sananing bu yilgi maqsadlari:

  1. Inson hayotini saqlab qolish uchun qon topshirgan donorlarga minnatdorlik bildirish;
  2. Ixtiyoriy, beg’araz va muntazam qon donorligi yordamini rag’batlantirish;
  3. Muntazam ixtiyoriy qon donorligining zarurligi to’g’risida aholi xabardorligini oshirish;
  4. Donorlar salomatligi va ularga ko’rsatiluvchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga e’tibor qaratish;
  5. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ixtiyoriy va muntazam donorlik qiluvchi insonlarning sifatli tibbiy yordam olishlari uchun yetarli resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir

БМТ Бош котибининг Ўзбекистонга ташрифи

SG_Visit11 ва 12 июн кунлари БМТ Бош котиби Пан Ги Мун расмий ташрифи билан Ўзбекистонда бўлди. Ташриф чоғида Бош котиб Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов билан учрашди ва ЮНЕСКОнинг Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилган Бухоро шаҳрида меҳмон бўлди.

12 июн куни Кўксарой қароргоҳида Пан Ги Мун ва Ислом Каримов ўртасида бўлиб ўтган учрашув давомида тинчлик, тараққиёт ва инсон ҳуқуқларига доир БМТнинг кенг кўламдаги глобал вазифалари ҳақида сўз борди.

Шуни таъкидлаб ўтиш зарурки, Бош котиб ташрифи БМТ ва Ўзбекистон ҳамкорлигининг стратегик асоси бўлган янги 2016-2020 йилларга мўлжалланган Тараққиётга кўмак дастурининг бошланиш даврига тўғри келди.

Пан Ги Мун кам таъминланганлик ва оналар ўлимини камайтириш, бошланғич таълим ва мактабларда гендер тенглигини таъминлаш каби Мингйиллик ривожланиш мақсадларига эришиш борасида Ўзбекистон қўлга киритган ютуқларини алоҳида таъкидлаб ўтди.

Журналистлар билан қисқа учрашуви чоғида Бош котиб БМТ инсон ҳуқуқлари кенгашининг Универсал даврий шарҳ тавсияларига биноан Ўзбекистонда Миллий ҳаракат дастури қабул қилинганини юқори баҳолади.

Оролбўйи фожиасини қайд этиб Пан Ги Мун ушбу ҳудуд аҳолисига БМТнинг кўрсатаётган кўмаги ҳақида айтиб ўтди ва жахон мазкур муаммони ҳал қилиш мақсадида айни масалага янада кўпроқ диққат қаратишга чақирди.

Ўз ташрифи давомида Бош котиб БМТнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси ходимлари билан ҳам учрашди ва ҳакорлик доирасида мамлакатда амалга оширилаёган ишлар билан яқиндан танишди.

Ташриф сўнггида БМТ делегацияси ЮНЕСКОнинг Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилган кўҳна Бухоро шаҳрининг тарихий обидалари билан танишди.

БМТ Бош котибининг Ўзбекистонга ташрифи унинг Марказий Осиё давлатларига сафари доирасида бўлиб ўтди.

Экологик ҳафталик якунида болалар байрами

45 июнь, Бутун жаҳон атроф-муҳит куни Ғафур Гулом номидаги маданият ва истироҳат боғида анъанага кўра болалар учун экологик байрам уюштирилди. Байрамда «Баркамол авлод» Болалар ижодиёт марказларида таҳсил олаётган болалар иштирокидаги концерт дастури, асфальтга расм чизиш танлови ва тасвирий санъат, дизайн, тўқиш, майда пластика бўйича маҳорат дарслари ўрин олди.

Байрам давомида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон миллий университети, Тошкент кимё-технология институти, 163 сонли ўрта мактаб, Тошкент гидрометеорология касб-ҳунар коллежи, Тошкент ирригация ва мелиорация институти ва Тошкент шаҳридаги «Баркамол авлод» болалар ижодиёт маркази табиатни муҳофаза қилишга ўз ҳиссаларини қўшиб келаётганлари учун Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси томонидан фаҳрий ёрлиқлар билан тақдирландилар.

6 июн куни Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманидаги ҳудудларни ободонлаштириш бўйича тадбир бўлиб ўтди. Унда ахолининг севимли ҳордиқ маскани атрофи чиқиндилардан тозаланиб, табиатни асрашга даъват этувчи эълонлар ва чиқинди йиғиш қутилари ўрнатилди. Экоҳафталикнинг сўнгги кунида эса “korzinka.uz” супермаркетларида яна бир акция бошланди. Ушбу савдо тармоғи дўконларининг харидорлари акцияда иштирок этиш учун йўқолиб кетаётган экотизимлар тасвири туширилган фотосуратлар олдида расмга тушиб “Еkorzinka” хэштеги билан уни Instagram ёки Facebook саҳифаларида жойлаштиришлари керак. Биринчилар қаторида акцияда қатнашганлар Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси томонидан маҳсус совғалар билан тақдирланади. Акция доирасида экология мавзусига оид турли видеолавҳалар намойиши ва танловлар ўтказилиши кўзда тутилган.

Атроф-муҳит муҳофазасига қаратилган бу йилги тадбирлар ўз ниҳоясига етди, аммо ҳар куни ҳар биримиз табиатни асраб-авайлаб, унинг инъомларини исроф қилмасликни ёдда тутишимиз зарур.  Бунинг учун биз келажак авлодлар олдида жавобгармиз.

Экоҳафталик-2015: ҳамкорликда биохилмахилликни сақлаш йўлида

20150604_100845Дунё бўйлаб ўсимлик ва ҳайвонот оламининг 16 928 тури йўқолиб кетиш хавфи остида бўлгани сабабли, келажак авлодлар учун уларни сақлаб қолиш мақсадида БМТ Биологик хилмахиллик тўғрисидаги конвенцияни қабул қилди. Экоҳафталикнинг учинчи куни Конвенция доирасидаги мажбуриятларни бажаришга кўмак беришга қаратилган “Биохилмахиллик соҳасида миллий режалаштириш” лойиҳаси натижаларининг тақдимоти бўлиб ўтди. Лойиҳа давомида 4 стратегик мақсад ва 10 миллий вазифалар ишлаб чиқилди, конвенция стратегик режаси билан мувофиқлаштириш мақсадида Биологик хилмахилликни муҳофаза қилиш бўйича миллий стратегия ва ҳаракатлар дастури янгиланди, конвенция бўйича воситачилик ва ҳисобот механизмлари яхшиланди.

20150604_105838Тақдимотда шунингдек, Биологик хилмахилликни муҳофаза қилиш бўйича бешинчи миллий маъруза, хозирги вақтда Ўзбекистондаги биохилмахиллик ва конвенциянинг миллий воситачилик механизмининг сайти ҳақида маълумот берилди.

Табиат муҳофазаси мақсадида Экоҳафталик доирасида дўстона мусобақалар ўтказилди

Ecoweek-2015-2-1

Экоҳафталикнинг иккинчи куни ўзгача тарзда ўтказилди. Давлат идоралари, вазирликлар, жамоат ташкилотлари ва ОАВ вакиллари Тошкент шаҳридаги Сингапур менежментни ривожлантириш институтида бўлиб ўтган дўстона мусобақаларда ўзларини спортчилар сифатида синаб кўрдилар.

Ecoweek-2015-day-2-2

500 ва 60 метр масофага югуриш, ҳамда мини-футбол бўйича ўтказилган мусобақалар иштирокчилари фаолияти атроф-муҳит муҳофазаси, ижтимоий-иқтисодий ривожланиш, маданият ва маърифат соҳалари билан бевосита боғлиқ бўлган одамлардир. Ўз иштироклари билан улар барчани бирлаштириб атроф-муҳитни муҳофаза қилишга чақирувчи кенг кўламли тадбирларда ҳар бир кишининг ўрни аҳамиятли  эканлигини намойиш этдилар.

Экоҳафталик-2015 табиатни асрашга ундайди

 

20150602_095145

Бугун “Тошкент плаза” Арт-марказида Бутун жаҳон атроф-муҳит куни муносабати билан ташкил этилган Экологик ҳафталик ўз ишини бошлади. Анъанага кўра Экоҳафталик Ўзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси ва БМТнинг Ўзбекистондаги ваколатхониси томонидан қатор давлат идоралари, вазирликлар ва таълим муассасалари кўмагида ўтказилади.

20150602_110302Бугунги кунда атроф-муҳит муҳофазаси БМТ олдида турган энг муҳим масалалардан биридир ва 1972 йилдан бошлаб нишонланадиган Бутун жаҳон атроф-муҳит куни тобора камайиб бораётган табиат бойликларидан оқилона фойдаланишга аҳоли эътиборини қаратиш учун таъсис этилган. Ушбу муаммога жавобан БМТ бу йили ҳар бир инсонга “7 миллиард орзу. Ягона сайёра. Табиат неъматларидан оқилона фойдаланинг”.

20150602_110439Бу ҳақда “Экоҳафталик-2015” очилиш маросимида БМТнинг Ўзбекистондаги доимий вакили Стефан Приснер тўхталиб ўтди. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг аграр, сув хўжалиги масалалари ва экология қўмитаси раисининг ўринбосари Баходир Тожиев ва Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси раисининг ўринбосари Камолиддин Содиқов ҳам сўзга чиқдилар.

20150602_103812Маросимда “2013 — 2017 йилларда Ўзбекистон Республикасида атроф-муҳит муҳофазаси бўйича ҳаракатлар дастури”ни муваффақиятли амалга оширишга ҳисса қўшгани учун Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси Табиатни муҳофаза қилиш давлат қўмитасининг фаҳрий ёрлиғи билан тақдирланди. Шунингдек, Тошкент Ботаника боғи ҳудудларини ободонлаштириш бўйича вазирлик ҳамда идоралар ўртасида ўтказилган танлов ғолиблари тақдирландилар.

20150602_110254

Очилиш маросимидан сўнг экологик технологиялар ва инновациялар, экологик жиҳатдан ҳавфсиз маҳсулотлар, муқобил энергия манбалари, ҳамда таълим материаллари намойиш этилган кўргазма ўз ишини бошлади.

6 июнгача давом этадиган “Экоҳафталик-2015” доирасида илмий анжуманлар, экологик марафонлар, фестиваль ва бошқа тадбирлар ўтказилиши кўзда тутилган.